» » Abdulaziz Komilov Toshkentda Fransiya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Abdulaziz Komilov Toshkentda Fransiya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi


O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 15-aprel kuni O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Fransiya tashqi ishlar va xalqaro taraqqiyot vaziri Jan-Mark Ero bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

29-mart kuni Parijda bo‘lib o‘tgan ikki tomonlama muzokaralarning davomi sifatida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi O‘zbekiston-Fransiya munosabatlarining dolzarb jihatlari muhokama qilindi hamda mintaqaviy va xalqaro kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.

“Qayd etilganidek, 2017—2018-yillar uchun imzolangan vazirliklararo Hamkorlik dasturi O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi keng qamrovli aloqalarni tizimli asosda rivojlantirish va mustahkamlashga imkon yaratadi”, — deyiladi TIV axborotida.

Suhbat davomida vazirlar tomonidan 2017-2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning besh ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish borasida o‘zaro aloqalarni kengaytirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, iyun oyining boshiga mo‘ljallangan MEDEF International fransuz korxonalari harakati yetakchiligidagi ishbilarmon doiralar vakillarining O‘zbekistonga tashrifi muvaffaqiyatli yakun topishidan tomonlar manfaatdor ekanligi ta’kidlandi.

Shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi. Xabar berishlaricha, uchrashuvda Fransiya elchisi Violen Biyet de Vilmor ham ishtirok etgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-04-2017, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 83) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют