» » Rossiyada koronavirus infeksiyasi qachon o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqishi ma’lum qilindi

Rossiyada koronavirus infeksiyasi qachon o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqishi ma’lum qilindi


Rossiya Federal tibbiy-biologik agentligi rahbari, sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Veronika Skvorsova mamlakatda COVID-19 koronavirus infeksiyasi 10-14 kundan keyin o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqishini ma’lum qildi, deb xabar beradi “Interfaks”.

“Matematik va biologlardan iborat guruhning hisob-kitoblariga ko‘ra, testlar sonini oshiradigan bo‘lsak, 10-14 kundan keyin ushbu infeksiya bilan platoga chiqamiz”, — deydi Skvorsova.

Sobiq vazirning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus tarqalishiga qancha vaqt ketgan bo‘lsa, epidemiyaning yo‘qolishiga yana shuncha vaqt kerak bo‘ladi. “Iyunning birinchi dekadasiga — taxminan iyun o‘rtalariga qadar platoda bo‘lamiz”, — deydi u.

Shuningdek, Skvorsova 10-aprel kuni koronavirusni 15-20 daqiqada aniqlovchi chiplar taqdim etilishini ma’lum qildi.

7-aprel holatiga ko‘ra, Rossiyada 7497 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan, 58 kishi vafot etgan.

Mavzuga doir: Oksford universiteti tadqiqotchilari O‘zbekistonda koronavirus tarqalishining keyingi taqdirini prognoz qildi

Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2-aprel kuni mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yomonlashganini ma’lum qilgan edi. Moskvada karantin qoidalarini kuzatadigan tizim ishga tushirilgan, mamlakatda koronavirusni yuqori aniqlikda aniqlovchi test yaratilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2020, 08:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют