» » Germaniyada Maybach’ga aylantirilgan Mercedes kabrioleti sotuvga qo‘yildi

Germaniyada Maybach’ga aylantirilgan Mercedes kabrioleti sotuvga qo‘yildi


Germaniyadagi Hofele-Design atelyesi Mercedes-AMG E 53 Cabriolet versiyasini Maybach uslubida jihozladi. Yagona nusxada bo‘lgan ushbu avtomobil hozirda QQS bilan birgalikda 168 929 yevroga sotilmoqda, deb xabar beradi Motor.

Mercedes-AMG E 53 Cabriolet by Hofele’ni bir qarashda ko‘k Royal Peacock Blue “metallika” rangi, bamperlaridagi qora yaltiroq burmalar, “firmenniy” vertikal chiziqli radiator panjarasi, BMW 7 seriyasi uslubidagi dekorativ elementlari orqali ajratib olish mumkin. Shuningdek, kabriolet 21 dyuymli Turbine diskalari bilan jihozlangan. Diskalar “kuragi” kumushrangga bo‘yalgan.

Mavzuga doir: Maybach saloniga ega klassik Mercedes-Benz Pullman 2 mln yevro evaziga sotuvga qo‘yildi

Kabriolet saloni to‘liq Nappa charmi bilan qoplangan: sarg‘ish Magnolia va ko‘k Royal Blue. Material bo‘laklari qo‘lda tikilgan, biroq dekorativ qismlar, qirralar va teshiklar kompyuter nazorati ostida ishlaydigan aniq mashinalarga topshirilgan. Butun plastik qismi charm bilan qoplangan va hatto ko‘tarma tom ham; Mercedes-AMG E 53 Cabriolet poli esa qo‘y junidan tikilgan gilam bilan qoplangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2020, 08:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют