» » Isroil hukumati aholiga Pesax bayramini 10-aprelgacha uydan chiqmay karantinda nishonlashni buyurdi

Isroil hukumati aholiga Pesax bayramini 10-aprelgacha uydan chiqmay karantinda nishonlashni buyurdi


Isroil hukumati mamlakatda Pesax bayrami kunlari, ya’ni 7–10-aprelda to‘liq karantin e’lon qildi. Bu haqda Quddusdagi rezidensiyada mamlakat bosh vaziri Binyamin Netanyaxu e’lon qilgan.

“Mamlakat miqyosida 7–10-aprel kunlari soat 16:00 dan juma kuni 07:00 ga qadar karantin e’lon qilinadi”, — degan Isroil bosh vaziri.

Shuningdek, hukumat rahbari epidemiyaning boshlanishi ham Purim bayrami vaqtiga to‘g‘ri kelgani va o‘shanda 9-martdan 10-martga o‘tar kechasi kasallik tarqalishi boshlanganiga e’tibor qaratgan.

“Bir oy avval nima bo‘lganini hamma ko‘rdi. Qaytarib aytaman: Pesax Purim bayramiga aylanmasligi kerak. Bayramni uyingizda oila a’zolaringiz bilan nishonlang”, — degan Netanyaxu.

Bosh vazir nutqi davomida koronavirus bilan bog‘liq vaziyatning ijobiy jihatlari ham kuzatila boshlaganini bildirgan. U Pesax bayramidan keyin mamlakatdagi cheklovlar bosqichma-bosqich olib tashlanishini qayd etgan.

The Times of Israel nashrining yozishicha, endi cheklov me’yorlari mamlakat vazirlar mahkamasi tomonidan belgilab beriladi.

Isroil hukumati 10-mart kuni koronavirusning mamlakatga kirib kelishini oldini olish maqsadida xorijlik turistlarning davlat hududiga kirishini cheklab qo‘ygandi. Keyinchalik aholi vakillariga uydan chiqish ham taqiqlab qo‘yildi.

Mavzuga doir: 

Bosh vazir Netanyaxuning o‘zi ikki marta koronavirusga test qilingan, ikkala tahlil natijasi ham salbiy deb topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2020, 08:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют