» » Ronaldinyo Paragvay qamoqxonasidan ozod etildi

Ronaldinyo Paragvay qamoqxonasidan ozod etildi


Braziliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ronaldinyo Paragvay qamoqxonasidan ozod etildi.

AS nashrining xabar qilishicha, Ronaldinyoning jazosi 1,6 million yevro garov puli evaziga uy qamog‘iga almashtirilgan. Hozirda u Asunsyondagi mehmonxonada uy qamog‘ida saqlanmoqda. Shu tariqa, sobiq futbolchi bir oy qamoqxonada yotdi.

Eslatib o‘tamiz, Roanldinyo va uning akasi Roberto de Assis Moreyra soxta pasport bilan Paragvay hududiga kirgani sabab hibsga olingandi. 5-aprel kuni Paragvay bosh prokurori braziliyaliklarni hibsga olishga order taqdim etgan, biroq keyingi kuni ular ozod qilingandi. Biroq oradan bir necha soat o‘tib Ronaldinyo yana hibsga olingan va keyinchalik sud hibsda saqlash muddatini olti oyga uzaytirgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2020, 08:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют