» » Norvegiyada bog‘cha, boshlang‘ich maktab va sartaroshxonalar qachondan ochilishi e’lon qilindi

Norvegiyada bog‘cha, boshlang‘ich maktab va sartaroshxonalar qachondan ochilishi e’lon qilindi


Norvegiya hukumati koronavirus tarqalishiga qarshi joriy etilgan bir qator cheklovlar bekor qilinishini bildirdi, deb xabar beradi The Local.

20-apreldan boshlab bog‘chalar, 27-aprelda esa boshlang‘ich maktablar ochiladi. Shuningdek, 27-apreldan sartaroshlik kabi xizmat ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlik faoliyatlari qisman qayta ish boshlashi mumkin.

Shu bilan birga, mamlakat hukumati madaniy va sport tadbirlarini o‘tkazishga qo‘yilgan taqiqlarni 15-iyulga qadar uzaytirdi.

5,3 million aholiga ega Norvegiyada 5,9 ming kishida COVID-19 infeksiyasi aniqlangan, 88 kishi vafot etgan. O‘tgan bir hafta ichida har kuni 150-200 kishida koronavirus tasdiqlangan.

Mavzuga doir: Koronavirus tarqalishiga qarshi eng samarali kurash olib borayotgan mamlakat nomi ma’lum qilindi

Eslatib o‘tamiz, pandemiya o‘chog‘i bo‘lgan Xitoy o‘z hududida koronavirus tarqalishini to‘xtatgan, mamlakatda avtomobil sanoati yana oyoqqa turib, ishlab chiqarishni qayta yo‘lga qo‘ygan, Uxan shahrida metrolar qatnamoqda. 6-aprel kuni Xitoyda yanvardan beri ilk bor bir sutka davomida koronavirusdan hech kim vafot etmadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2020, 08:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...