» » AQShda koronavirus oqibatidagi o‘limlar soni bo‘yicha kunlik antirekord yangilandi — bir sutkada 1736 bemor vafot etdi

AQShda koronavirus oqibatidagi o‘limlar soni bo‘yicha kunlik antirekord yangilandi — bir sutkada 1736 bemor vafot etdi


AQShda o‘tgan bir sutka ichida koronavirusdan 1736 kishi vafot etdi. Bu mamlakatda virus tarqalganidan buyon bir sutka ichida o‘lim holatlari bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Bu haqda Jons Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan.

AQShdagi bundan oldingi rekord 4-aprel kuni o‘rnatilgan edi — bir sutka ichida 1344 kishi vafot etgan.

Shu vaqtga qadar AQShda koronavirus sabab vafot etganlar soni 12,7 ming kishidan oshdi. Eng ko‘p o‘lim holatlari Nyu-Yorkda qayd etilgan (4009) bo‘lib, ushbu shahar AQShda koronavirus pandemiyasining epimarkaziga aylangan. Shuningdek, Nasso (500) va Ueyn (402) okruglari ham qurbonlar soni bo‘yicha yuqori pog‘onalardan o‘rin olgan.

Ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh hududida koronavirus bilan kasallanganlar soni 398 ming kishiga yetgan, 22 mingga yaqin bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

AQSh qurbonlar soni bo‘yicha dunyoda Italiya (17 ming) va Ispaniyadan (14 ming) keyin uchinchi o‘rinda ketmoqda.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatda koronavirus oqibatida vafot etadiganlar soni 100 ming kishiga yetishi to‘g‘risidagi taxminlar amalga oshmasligiga umid qilishini bildirgandi.

Mavzuga doir: 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 520 kishiga yetdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQShning Nyu-York shahrida koronavirusdan vafot etgan o‘zbekistonliklar soni uch nafarga yetgan. Bundan tashqari, Armaniston, Qozog‘iston va Avstriyadagi O‘zbekiston fuqarolarida ham koronavirus aniqlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют