» » Karantinda o‘tirgan insonlarning dronlar yordamida olingan suratlari

Karantinda o‘tirgan insonlarning dronlar yordamida olingan suratlari


Litvalik fotosuratchi Adas Vasilyauskas asosan to‘ylarni suratga oladi. Ammo koronavirus pandemiyasi ko‘pchilik singari uning hayot tarzini ham o‘zgartirib yubordi.

Endilikda Adas dronlar yordamida uyida karantinda o‘tirgan oilalarni ko‘chadan turib suratga olish bilan mashg‘ul. U avvaliga ijtimoiy tarmoqlar orqali do‘stlari va ko‘ngillilar bilan kelishib oladi, keyin ularning xonadonlariga borib, oyna orqali qiziqarli lavhalarni muhrlaydi.

Fotosuratchi o‘z g‘oyasi haqida shunday deydi: “Men ushbu loyihani shundoq ham har kuni salbiy axborotlar qurshovida qolayotgan insonlar hayotiga rang-baranglik olib kirish maqsadida boshladim. O‘ylaymanki, mazkur lavhalar uyda karantinda o‘tirish ham qiziqarli ekanligini ko‘rsatib bera oladi”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют