» » AQShda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanayotgani ma’lum qilindi

AQShda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanayotgani ma’lum qilindi


AQSh vitse-prezidenti Maykl Pens brifing chog‘ida mamlakatning ba’zi yirik shaharlarida koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanayotganini ma’lum qildi. Brifing Oq uyning Twitter’dagi sahifasida e’lon qilingan.

Uning so‘zlariga ko‘ra Nyu-York, Nyu-Jersi, Yangi Orlean, Deytroyt va Chikago hamda Denverda koronavirusga chalinish statistikasi ushbu hududlarda vaziyat yaxshilanayotganini ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, vitse-prezident sanitariya cheklovlariga rioya etilishini nazorat qilish bo‘yicha choralarni kuchaytirishga chaqirdi.

“Shuningdek, amerikaliklarga umid qilish uchun asos borligini ta’kidlamoqchiman”, — degan Pens.

Mavzuga doir: Hindiston AQShga koronavirusni davolashda qo‘llaniladigan dori vositalarini yetkazishni taqiqlasa, Tramp ularga chora ko‘rishini bildirdi

AQSh kasallanganlar soni bo‘yicha dunyoda hali ham birinchi o‘rinda bo‘lib turibdi. Jons Hopkins ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 398 ming kishidan oshgan. Mamlakat qurbonlar soni bo‘yicha dunyoda Italiya (17 ming) va Ispaniyadan (14 ming) keyin uchinchi (12 ming) o‘rinda ketmoqda.

Avvalroq AQShda o‘tgan bir sutka ichida koronavirusdan 1736 kishi vafot etgani haqida xabar berilgandi. Bu mamlakatda virus tarqalganidan buyon bir sutka ichida o‘lim holatlari bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют