» » Britaniyalik hamshira ko‘zlarida yosh bilan aholiga videomurojaat yo‘lladi

Britaniyalik hamshira ko‘zlarida yosh bilan aholiga videomurojaat yo‘lladi


Angliyaning Esseks grafligidagi jonlantirish bo‘limi hamshirasi aholini izolyatsiyada qolishga chaqiruvchi videoni e’lon qildi, deb xabar berdi The Guardian.

Shirli Uotts ko‘zlarida yosh bilan koronavirus bilan kurashning naqadar qiyinligi, sog‘liqni saqlash tizimiga ulkan bosim tushayotganini so‘zlab bergan. Ayolning so‘zlariga ko‘ra u ishlaydigan shifoxonada tibbiyot xodimlari yetishmaydi, shifokor va hamshiralar bor kuchi bilan ishlab, har kuni hayotlarini xavf ostiga qo‘ymoqda.

“Ahvolimga qarang. Niqob sabab burnimda qichishish sodir bo‘lyapti. Uni ertalab 7:30 dan kun yarmiga qadar yechmadim. Vaziyat jiddiy. Barchamiz kasalxonada juda og‘ir davrni boshdan kechirmoqdamiz. Qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilishga urinyapmiz”, — deydi hamshira.

Uotts odamlarni faollik ko‘rsatishga chaqirdi. “Ko‘chaga sababsiz chiqqan yoki guruh bo‘lib to‘plangan odamlarni ko‘rsangiz, ularga ogohlantirish bering. Hozirda shunday hissiyot paydo bo‘lyaptiki, biz bu jangda yutqazib qo‘yadigandekmiz”, — deydi u.

Hamshiraning so‘zlariga ko‘ra, infeksiyani uyda qolib to‘xtatish mumkin. “Bu hozirda bizni tiz cho‘kishga majbur etayotgan bosimni olib tashlaydi. Biz insonlar hayotini saqlab qolishga urinyapmiz. Qarindoshlaringiz va yaqinlaringizning hayotini saqlab qolish uchun barcha ishni qilyapmiz. Meni aynan shu holda ko‘rishlaringizni istayman. Odamlar vaziyat naqadar jiddiy ekanligini tushunishlarini xohlayman”, — deydi hamshira.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Buyuk Britaniyada koronavirus bilan kasallanganlar soni qariyb 56 ming kishiga yaqinlashgan, 6,1 mingdan ortiq odam vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют