» » Ronaldu “Real”ga qaytmaydi. Buning sababi ma’lum bo‘ldi

Ronaldu “Real”ga qaytmaydi. Buning sababi ma’lum bo‘ldi


Madridning “Real” klubi “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronalduni ortga qaytarmaydi.

Portugaliyalik futbolchini ortga qaytarish klubning sport siyosatiga to‘g‘ri kelmaydi, deya “Real” rahbariyatidagi manbaga tayanib xabar bermoqda AS.

Florentino Peres Ronalduning xizmatlarini yuqori baholaydi, biroq “uning vaqti o‘tdi va vazifalar o‘zgardi”, deya qayd etib o‘tgan manba.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu 2018-yilning yozida 112 million yevro evaziga “Real”dan “Yuventus”ga yo‘l olgandi.

35 yoshli futbolchi joriy mavsum A Seriyada 22 o‘yinda 21 gol va uchta samarali uzatma muallifiga aylandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют