» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinib, vafot etganlar soni uch nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinib, vafot etganlar soni uch nafarga yetdi


Toshkent viloyati Chirchiq shahrida yashovchi fuqaro Sh. shu yilning 30-mart kuni tez tibbiy yordam orqali og‘ir ahvolda viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Unga barcha zarur muolajalar ko‘rsatilgan. Shu yilning 31-mart kuni bemorga ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida respublika Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti klinikasiga o‘tkazilgan. Zudlik bilan amalga oshirilgan laborator tahlil natijasi unda koronavirus infeksiyasi borligini tasdiqlagan.

40 yoshli bemor ushbu klinikaning reanimatsiya bo‘limida sun’iy nafas olish apparatida bo‘lgan.Davolanish davrida tibbiyot fanlari doktori, professor A. Xadjibayev rahbarligida Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh pulmonologi, professor I. Liverko, yetakchi reanimatologlar D. Sobirov va X. Sattarov ishtirokida videoaloqa orqali kerakli tavsiyalar berib borilgan. Bundan tashqari, davolash standartlariga muvofiq, virusga qarshi, antibakterial, infuzion, mukolitik, simptomatik va respirator terapiya muolajalari ham olib borilgan.

Biroq qator soha mutaxassislarining o‘tkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan kecha oqshom bemorning ahvoli keskin yomonlashgan.Yetakchi reanimatolog va bosh torakal xirurg Sh. Xudoybergenov boshchiligidagi mutaxassislardan kerakli tavsiyalar ham olingan. Berilgan tavsiyalarni to‘liq bajarilishiga qaramasdan bemor Sh.da yurak va o‘pka yetishmovchiligi sabab yurak faoliyati to‘xtashi kuzatilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 77) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют