» » Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar 270 kishiga yetdi

Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar 270 kishiga yetdi


Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni o‘tgan bir sutka ichida 42 kishiga ko‘payib, 270 kishiga yetdi. Bu haqda mamlakatdagi COVID-19’ga qarshi kurash shtabiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

“8-aprel holatiga ko‘ra yana 42 kishida koronavirus aniqlandi”, — deb xabar beradi shtab vakili. Uning so‘zlariga ko‘ra, kasallikni yuqtirib olganlarning 13 nafari tibbiyot xodimlari.

Shunday qilib Qirg‘izistonda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 270 kishiga yetdi, ularning 30 nafari shifokor. To‘rt kishi vafot etgan.

Koronavirus pandemiyasi sabab mamlakatda favqulodda holat rejimi e’lon qilingan. Qirg‘izistonning yirik shaharlari aholisiga soat 20:00 dan keyin ko‘chaga chiqish taqiqlangan, mamlakatdan un va makaronlarning olib chiqib ketilishiga, Bishkekda shaxsiy avtomobildan foydalanishga taqiq qo‘yilgan.

Mavzuga doir: 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 8-aprel Toshkent vaqti bilan soat 10:00 holatiga ko‘ra 534 kishiga yetdi. Mamlakatda 15-martdan (kasallik ilk bor aniqlanganidan) beri 30 kishi sog‘aydi, ikki kishi kasallik qurboni bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют