» » Toshkentda davolanayotgan koronavirusga chalingan bemorlarning 10 nafari og‘ir ahvolda

Toshkentda davolanayotgan koronavirusga chalingan bemorlarning 10 nafari og‘ir ahvolda


Toshkent shahridagi ikki kasalxonada koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning jami 10 nafari og‘ir ahvolda. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov “O‘zbekiston 24” telekanalidagi chiqishida ma’lum qildi.

O‘zbekistonning davlat bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekovning ma’lum qilishicha, 8-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 98 kishi davolanmoqda, ularning 25 nafarida pnevmoniya belgilari kuzatilmoqda, yetti nafar bemorning ahvoli og‘ir.

Shuningdek, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga 69 nafar bemor joylashtirilgan bo‘lib, ulardan uch nafarining ahvoli og‘ir. Qayd etilishicha, O‘zbekistonning boshqa hududlarida ham koronavirusga chalingan bemorlar davolanmoqda.

Avvalroq 6-aprel kuni O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov ahvoli o‘ta og‘ir bo‘lgan ikki bemor sun’iy nafas olish apparatiga ulab qo‘yilganini ma’lum qilgan edi.

Ma’lumot uchun, 8-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlar soni 534 nafarni tashkil etdi. Mamlakatda 15-martdan (ilk kasallanish holati aniqlanganidan) buyon 30 kishi sog‘aydi, uch kishi esa vafot etdi. Xorijda kamida 23 nafar o‘zbekistonlik koronavirusga chalingan — ularning uch nafari vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2020, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 38) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют