Yer aholisi super Oy hodisasiga guvoh bo‘ldi (foto va video)
7-apreldan 8-aprelga o‘tar kechasi Oy Yerga juda yaqin kelishi kuzatildi. Bu vaqtda sayyoraning tabiiy yo‘ldoshi Yerdan 356,9 ming kilometr masofada joylashdi. Yer yo‘ldoshi shu paytgacha kuzatilgan to‘lin Oylardan ko‘ra, yorqinroq va kattaroq ko‘rindi — u 7 foizga “kattalashdi” va 15 foiz yorqinroq nur taratdi. Ijtimoiy tarmoqlarda super Oy hodisasi aks etgan video va fotosuratlar e’lon qilindi.
O‘zbekistonda, xususan Toshkentda yomg‘irli ob-havo bo‘lgani uchun ushbu hodisani kuzatish imkoni bo‘lmadi.
#SuperLuna, #SuperMoon ????????????. #QuedateEnCasa. https://t.co/7iqH0MOGXF
— ?????????????????? ...MultiVerses... ??????????????????. (@magl001) April 7, 2020
Derni?re vid?o de la super Lune ce soir ???? C’est une chance de pouvoir voir notre satellite de si pr?s ????#superlune #supermoon #lune #moon #space pic.twitter.com/xAJEjx5MPz
— Ma?tre Petit Pois (@maitrepetitpois) April 7, 2020
Ma’lumotlarga ko‘ra, keyingi super Oy hodisasi 7-may kuni kuzatiladi.
Mavzuga doir: Yer aholisi odatdagidan 7 foizga kattaroq super Oyni kuzatishi mumkin bo‘ladi
Manba: Daryo.uz