» » Hindistonda poyezdning sakkiz vagoni relsdan chiqib ketishi oqibatida 10 kishi jarohatlandi

Hindistonda poyezdning sakkiz vagoni relsdan chiqib ketishi oqibatida 10 kishi jarohatlandi


Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida yo‘lovchi poyezdining sakkiz vagoni relsdan chiqib ketdi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, hodisa oqibatida 10 kishi jiddiy jarohat olgan, yana bir necha yo‘lovchi kichik jarohatlar olgan.

Noxush hodisa Rampur shahrida sodir bo‘ldi. Poyezd mahalliy Meratx—Lakxnau shaharlararo yo‘nalishi bo‘ylab qatnayotgan bo‘lgan.

Voqea joyiga tez tibbiy yordam mashinalari yetib kelgan, baxtsiz hodisa nima sababdan ro‘y bergani o‘rganilmoqda.

Hindiston temir yo‘llar vazirligi rahbari Suresh Prabxu vaziyatni o‘z nazorati ostiga olganini ma’lum qildi.

“Tegishli tekshiruv ishlarini o‘tkazishga ko‘rsatma berilgan, har qanday qoidabuzarlikka qat’iy chora ko‘riladi”, — deb yozdi vazir Twitter’dagi sahifasida.

Опубликовано: admin (15-04-2017, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 59) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют