» » FIFA transferlar oynasi vaqtini o‘zgartirishga ruxsat beradi

FIFA transferlar oynasi vaqtini o‘zgartirishga ruxsat beradi


FIFA koronavirus tufayli milliy chempionatlarda yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqib bir qator o‘zgartirishlarni ma’lum qildi.

Yakuniga yetayotgan shartnomalar borasida

“Odatda shartnomalar mavsum tugagach yakunlanadi, bitimning tugash vaqti mavsum oxiriga mos keladi. Chempionatlarda o‘yinlar to‘xtatilganini inobatga olgan holda, joriy mavsum ko‘zlangan sanada yakunlanmasligi aniq bo‘lib qoldi. Shu sabab, shartnomalarni mavsum so‘nggiga qadar uzaytirish taklif qilindi. Bu tomonlarning shartnoma imzolayotgan paytdagi dastlabki kelishuvlariga mos kelishi lozim.

O‘z navbatida bu prinsip yangi mavsum boshidan faollashadigan shartnomalar uchun ham joriy etiladi”.

Inqiroz sabab amaldagi shartnomalarga o‘zgarish kiritilishi haqida

“Koronavirus pandemiyasi klublarning daromadiga jiddiy ta’sir o‘tkazdi. Futbol ishchi o‘rinlari, futbolchilar va klub o‘rtasidagi barqarorlikni saqlab qolish uchun iqtisodiyotning boshqa sohalari singari adolatli qaror chiqarishi, bu vaziyatga moslashishi lozim.

FIFA futbol to‘xtab qolgan bu vaqtda mamlakatning ichki qonun qoidalari asosida klub va o‘yinchilarni birgalikda qaror qabul qilishga chaqiradi.

Agar tomonlar kelisha olmasa, u holda FIFA ishga kirishadi va unda quyidagilar inobatga olinadi: klub o‘yinchilar bilan kelishishga qay darajada jiddiy kirishgani; klubning moliyaviy holati; o‘yinchilar shartnomasining mavjud vaziyatga mutanosiblashtirilgani va undan keyingi toza daromad. Bu orqali FIFA ikki tomon uchun ham adolatli qaror chiqarishga umid bog‘lagan”.

Transfer oynasi haqida

“FIFA bu masalada vaziyatga qarab ish tutadi hamda transfer oynasini joriy mavsum yakuni va yangi mavsum boshi oralig‘iga surishga ijozat beradi.

Shu bilan birga FIFA mazkur jarayon chempionatlarning adolatlilik darajasiga ta’sir etmasligi uchun bor choralarni qo‘llaydi”.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют