» » Navoiyda karantin vaqtida o‘z uyini diskotekaga aylantirgan yoshlar jarimaga tortildi (video)

Navoiyda karantin vaqtida o‘z uyini diskotekaga aylantirgan yoshlar jarimaga tortildi (video)


Navoiy shahrida o‘tkazilgan tungi reydlar davomida, o‘z uyida diskoteka tashkil qilgan shaxs aniqlandi. Bu haqda Navoiy viloyati IIB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tungi soat 01:30 da shahardagi ko‘p qavatli uylardan biridagi xonadondan chiqayotgan baland musiqa ovozi tungi nazoratdagi ichki ishlar idoralari xodimlarining e’tiborini tortgan.

Ichki ishlar xodimlari mazkur xonadonga kelganda, bir necha yigit-qiz u yerda spirtli ichimlik ichib, tungi klub manzarasini yaratgani va ko‘ngilxushlik qilayotgani aniqlangan.

Xonadon egasi va u yerda bo‘lgan boshqa yigitlarning aytishicha, “ular ko‘ngilli sifatida qariyalarga yordam bergan va karantin nima ekanligini yaxshi biladi”.

Ichki ishlar xodimlari tomonidan bu holatga chek qo‘yilgan, mazkur fuqarolar karantin qoidalarini buzgani uchun jarimaga tortilgan.

Avvalroq, Toshkent shahridagi Amir Temur xiyobonida niqobsiz yurib, Amir Temur haykalidan koronavirus O‘zbekistondan qachon ketishini so‘ragan bir qiz va ikki yigit 15 sutkaga qamalgani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, Sirdaryoda karantin qoidalarini buzib, ichki ishlar xodimlarini haqorat qilgan fuqaro 15 sutkaga qamaldi, Toshkentda profilaktika inspektorining pogonini yulib, xizmat kiyimini yirtib tashlagan ayolga jinoiy ish qo‘zg‘atildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют