» » “Yandeks.Taksi” Toshkentda yetkazib berish xizmatini ishga tushirdi

“Yandeks.Taksi” Toshkentda yetkazib berish xizmatini ishga tushirdi


Toshkentda “Yandeks.Taksi” servisi “Yetkazib berish” (“Dostavka”) xizmatini ishga tushirdi.

Foydalanuvchilar xizmat orqali o‘z yaqinlariga kiyim-kechak, oziq-ovqat yoki dorilarni berib yuborishi mumkin, kichikroq kompaniyalar esa buyurtmalarni mijozlariga yubora oladi. Bu haydovchilar uchun buyurtma olish imkoniyati bo‘lib xizmat qiladi.

Yetkazib berish xizmatini odatda buyurtmalar amalga oshiriladigan mobil dasturdan topish mumkin.

Xizmatdan foydalanish uchun buyurtmani qabul qilib oladigan insonning telefon raqami va yashash manzili ko‘rsatiladi. Uning telefoniga kelgan SMS havola orqali saytga kirib, mashina harakatini kuzatish mumkin. Jo‘natmalarni yuborish uchun uni avtomobil haydovchisi qo‘liga topshirish kerak, qabul qilib oluvchi esa belgilangan manzilga chiqib, pulini to‘lab, jo‘natmani olib ketadi.

Masalan, “Rakat” mahallasidan 16-sonli shahar kasalxonasiga qadar buyurtmani jo‘natish taxminan 10 ming so‘mga tushadi. Hozircha xizmat haqqi faqat naqd pul ko‘rinishida qabul qilinadi.

Toshkent shahri aholisi qo‘shimcha haq evaziga “Eshikdan eshikkacha” funksiyasidan ham foydalana oladi. Bunda haydovchi jo‘natmani kvartira yoki ofis eshigidan olib ketib, belgilangan manzilga topshiradi.

Bundan tashqari, izohlarda kontaktsiz yetkazib berish usulidan ham foydalansa bo‘ladi. Bu holda haydovchi jo‘natmani belgilangan manzilga olib borib, qabul qilib oluvchi pulni to‘lashi va jo‘natmani qabul qilib olishini kutib turadi.

“Xizmat ko‘rsatishda sinalgan, maxsus o‘qigan, shuningdek, infeksiya tarqalishining oldini olishga qarshi profilaktika choralaridan boxabar haydovchilar ishlaydi”, — deyiladi kompaniya xabarida.

Buyumlarni yuborishdan oldin uni konvert, quti yoki paketga joylashtirish lozim. Shuningdek, u mashinaga sig‘ishini va 20 kilogrammdan og‘ir bo‘lmasligini hisobga olish kerak. Masalan, haydovchi orqali jamadon, hujjatlar yoki buyumlar solingan paketni berib yuborsa bo‘ladi. Velosiped, kir yuvish mashinasi, qandil kabi narsalar mumkin emas.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют