» » Ozbekistonda 8-aprelgacha salkam 62 ming kishi koronavirusga qarshi test topshirdi

Ozbekistonda 8-aprelgacha salkam 62 ming kishi koronavirusga qarshi test topshirdi


Ozbekistonda 7-aprel soat 23:00 holatiga kora 61 666 nafar shaxs koronavirusga qarshi test topshirgan. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshligi Nurmat Otabekov AOKAda bolib otgan brifingda malum qildi. Uning qoshimcha qilishicha, laboratoriya tekshiruvlari Ozbekistonning barcha hududlarida otkazilmoqda.

Nurmat Otabekov 8-aprel kuni soat 10:00 da Ozbekiston 24 telekanali orqali qilgan chiqishida ham koronavirusga qarshi laboratoriya tekshiruvlari miqdoriga toxtalib otgan edi. Uning sozlariga kora, kuni kecha bir kunning ozida koronavirus infeksiyasiga 5,8 mingdan koproq tahlillar otkazilgan. Mana shu otkazilgan tahlillar natijasida 0,87 foiz holatda kasallik aniqlangan.

Bundan korinib turibdiki, kasallik aniqlanishi umumiy tekshirishlar soniga nisbatan yuqori foizni tashkil etayotgani yoq. Lekin mutlaq sonda kasallik ortib borayotganining asosiy sababi biz karantin muddatini otayotgan odamlar orasida tekshirishni koproq amalga oshiryapmiz, deb takidlagan edi davlat bosh sanitariya inspektori Ozbekiston 24dagi chiqishida.

Songgi kunlarda Ozbekistonda koronavirusga chalingan bemorlar soni sezilarli oshib bormoqda. 3-aprel kuni 22 kishida kasallik aniqlangan bolsa, 4-aprel kuni 39 kishi, 5-aprel kuni 76 kishi, 6-aprel kuni esa 115 kishi kasallikka chalingani malum qilindi (bu kunlik rekord). 7-aprel kuni aniqlangan bemorlar soni 63 nafarni tashkil etdi.

Rasmiylar, xususan, Ozbekiston sogliqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov bundan avval ham kasallanganlar soni test otkazish qamrovining oshgani bilan bogliqligini malum qilgan edi. Oldinroq Ozbekistonga 245 mingta test olib kelingani haqida xabar berilgan edi.

Ozbekistonda 8-aprel soat 10:00 holatiga kora koronavirusga chalinganlar soni 534 nafarni tashkil etdi; bemorlarning 30 nafari sogaygan, uch nafari vafot etgan. Songgi malumotlarga kora, Toshkentda davolanayotgan bemorlardan 10 nafari ogir ahvolda. Bundan tashqari, xorijda kamida 23 ozbekistonlik koronavirusga chalingan, ularning uch nafari vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
: admin (8-04-2020, 14:41)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 16) ( 0) ( 14) ( 2)
:
-
:
20 ... -