» » Mercedes-Benz 19 yil davomida omborda saqlangan mashinasini sotuvga qo‘ydi

Mercedes-Benz 19 yil davomida omborda saqlangan mashinasini sotuvga qo‘ydi


Mercedes-Benz kompaniyasi 2001-yilda ishlab chiqarilganidan buyon deyarli yurmagan SL600 rodsterni sotuvga qo‘ydi. Mashina 687 kilometr masofa bosgan bo‘lib, shu vaqtga qadar uning egasi bo‘lmagan. Omborda saqlangan mashina uchun nemislar 135 ming dollar so‘rashni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi Motor.

Rodster SL600 Mercedes-Benz’ning klassik avtomobillarini sotishga ixtisoslashgan Kaliforniyadagi avtosalonda turibdi. Avtomobil jamlanmasidan to‘ldirilmagan hujjatlar ham o‘rin olgan bo‘lib, u avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniya tomonidan mashinaning birinchi egasiga uni o‘z nomiga rasmiylashtirish uchun beriladi.

Ishlab chiqarilganiga 19 yil bo‘lgan SL600’ga shu paytgacha hech kim egalik qilmagan. Shu bilan birga, avtomobil ehtiyot qismlari yaxshi holatda saqlangan.

Mercedes-Benz SL600’ga 394 ot kuchiga ega olti silindrli V12 atmosfera motori o‘rnatilgan bo‘lib, u besh pog‘onali avtomatik uzatmalar orqali boshqariladi. R129 seriyasiga kiruvchi model 1989-yildan 2001-yilga qadar ishlab chiqarilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют