» » Eronda mashhur masjid niqob tikish fabrikasiga aylantirildi (foto)

Eronda mashhur masjid niqob tikish fabrikasiga aylantirildi (foto)


Eronda mashhur Shoh-Cherax masjidi niqob tikish fabrikasiga vaqtincha aylantirildi, deb xabar beradi Iran Front Page nashri.

Koronavirus pandemiyasi tufayli masjid uzoq vaqt yopiq bo‘lgan. Hukumat koronavirus infeksiyasidan himoya vositalariga talab oshgani tufayli shunday qarorga kelgan.

Masjidga stol va tikuv mashinalari o‘rnatilib, niqoblarni tayyorlash ishlariga “Basij” harakati faollari jalb etilgan. Ta’kidlanishicha, ayollar bu yerda ikki haftadan beri mehnat qilmoqda.

Bundan tashqari, masjidning boshqa binosida rezina qo‘lqoplarni tayyorlash bo‘yicha kichik sex tashkil etilgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Eronda koronavirus bilan kasallanganlar soni 62 ming kishidan oshgan, 3,8 ming kishi vafot etgan.

Mavzuga doir:

Eslatib o‘tamiz, dunyodagi mashhur kompaniyalar pandemiya vaqtida tibbiy niqob va qo‘lqoplar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqda. Xususan, Apple koronavirusdan himoyalovchi niqoblar ishlab chiqarishni boshladi. Shuningdek, Lamborghini, Chanel hamda Balenciaga va YSL brendlari ham niqob ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 42) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют