» » Sirdaryoda 63 yoshli otaxon bemaqsad velosiped haydab yurgani uchun jarimaga tortildi

Sirdaryoda 63 yoshli otaxon bemaqsad velosiped haydab yurgani uchun jarimaga tortildi


Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida 7-aprel kuni bemaqsad velosiped haydab yurgan 63 yoshli S.S. jarimaga tortildi, deb xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.

Samarqandda ham 46 yoshli fuqaro O.M. karantin qoidalariga rioya qilmay, velosipedda yurgani aniqlangan. Ular Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi (Epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) bo‘yicha javobgarlikka tortilib, velosipedlari jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Avvalroq Gulistonda karantin qoidalariga rioya qilmagan 46 yoshli fuqaro jarimaga tortilgani, Farg‘onada karantin qoidasini buzib niqobsiz, velosipedda yurgan mast fuqaro 15 sutkaga qamalgani  haqida xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 6-apreldan mototransport va velosipedda harakatlanish karantin davrida vaqtincha cheklandi. Faqatgina hayotiy zarur ehtiyojlar — oziq-ovqat, dori-darmon, tibbiy buyum va vositalar xarid qilish, shifokor ko‘rigiga, shuningdek, ish joyiga borish va kelish uchun ruxsat etiladi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 35 mingdan ortiq kishi karantin qoidalariga amal qilmagani qayd etildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют