» » Giggz “Manchester Yunayted”dagi sheriklaridan ramziy terma jamoa tuzdi. Unda Ronalduga o‘rin topilmadi

Giggz “Manchester Yunayted”dagi sheriklaridan ramziy terma jamoa tuzdi. Unda Ronalduga o‘rin topilmadi


“Manchester Yunayted” afsonasi Rayan Giggz manchesterliklar klubidagi sobiq sheriklaridan iborat ramziy terma jamoa tuzdi, deya xabar qilmoqda klub matbuot xizmati.

Sobiq yarim himoyachi tarkibga hozirda “Yuventus”da harakat qilayotgan Krishtianu Ronalduni kiritmadi. Giggz birga to‘p surgan eng yaxshi uch nafar jamoadoshi sifatida Pol Skoulz, Gari Nevill va Roy Kinlarni e’tirof etdi.

Giggzning orzular terma jamoasi quyidagi ko‘rinish oldi:

Darvozabon: Peter Shmeyxel;

Himoyachilar: Gari Nevill, Rio Ferdinand, Mikael Silvestr, Denis Irvin;

Yarim himoyachilar: Devid Bekhem, Roy Kin, Nikki Batt, Pol Skoulz;

Hujumchilar: Ueyn Runi, Ole-Gunnar Sulsher.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют