» » Toshkentda Qichqiriq kanalida cho‘kayotgan ayol qutqarildi

Toshkentda Qichqiriq kanalida cho‘kayotgan ayol qutqarildi


Toshkentning Olmazor tumanida Milliy gvardiya xodimlari kanalda cho‘kib ketayotgan ayolni qutqarib qoldi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, 7-aprel kuni soat 09:45 larda tumanning Qorasaroy ko‘chasidan oqib o‘tuvchi Qichqiriq kanali atrofida xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmati xodimlarini notanish yo‘lovchi to‘xtatib, kanalda odam cho‘kayotganligini aytgan.

Xodimlar tezkorlik bilan ko‘rsatilgan manzilga yetib borgan va barcha xavfsizlik choralarini ko‘rgan holda kanal bo‘yidagi daraxtga tirmashib turgan ayolni arqon yordamida tortib olib, birinchi yordam ko‘rsatgan. Ayol Olmazor tumanida joylashgan 6-sonli IIBga yetkazilgan. U yerda fuqaroga shifokorlar tomonidan tibbiy yordam ko‘rsatilib, mas’ul psixolog xodimi suhbat o‘tkazgan.

Hozirda holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Toshkentda Milliy gvardiya xizmatchilari Anhor kanalida cho‘kayotgan ayolni qutqargani, Namanganda cho‘kayotgan ayolni qutqargan milliy gvardiya xodimining o‘zi suvda bedarak yo‘qolgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют