» » Rossiyada bir sutkada 1175 kishida koronavirus aniqlandi

Rossiyada bir sutkada 1175 kishida koronavirus aniqlandi


Rossiyada bir sutkada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 1175 ta yangi holat qayd etildi. Mamlakatda infeksiyani yuqtirib olganlar soni 8672 kishiga yetdi. Bu haqda virusga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtabga tayanib, “RBK” xabar berdi.

Yangi holatlarning katta qismi, ya’ni 660 tasi Moskvada qayd etilgan, shaharda qayd etilgan bemorlarning umumiy soni 5841 kishiga yetgan. Pandemiya boshlanganidan buyon koronavirus 85 ta hududning 81 tasida qayd etilgan.

Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtab ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi bir sutkada Rossiyada koronavirus tashxisi qo‘yilgan besh kishi vafot etgan. Mamlakatda qayd etilgan qurbonlar soni esa 63 nafarga yetgan.

O‘limlarning 31 tasi Moskvada yuz bergan. Bundan tashqari, 10 kishi Moskva viloyatida, uch kishi Komi Respublikasida vafot etgan.

Tezkor shtab ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi bir kunda 86 kishi kasallikdan tuzalgan. Kasallikdan xalos bo‘lganlarning umumiy soni 580 kishini tashkil etmoqda.

Avvalroq Rossiya Federal tibbiy-biologik agentligi rahbari, sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Veronika Skvorsova mamlakatda COVID-19 koronavirusi infeksiyasi 10-14 kundan keyin o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqishini ma’lum qilgan edi.

Mavzuga doir: Rossiyada mahsulotlarning narxi 20 foizgacha o‘sishi mumkinligi ma’lum qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 35) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют