» » Amerikalik talabalar dunyodagi eng katta Rubik kubigini yaratdi

Amerikalik talabalar dunyodagi eng katta Rubik kubigini yaratdi


AQShning Michigan universiteti talabalari 680 kilogramm og‘irlikdagi Rubik kubigini yaratdi. Uni yig‘ish hatto eng kuchli va chaqqon odamda ham bir soatga yaqin vaqt oladi, deya hikoya qiladi “RIA Novosti”.

“Bu yig‘ish mumkin bo‘lgan eng katta mexanik Rubik kubigi. U qachondir universitetning shimoliy kampusidagi kulguli ‘shahar afsonasi’ edi, uni yaratishga bir necha yil vaqtimiz ketdi. Hozir esa uni bemalol interfaol san’at buyumi deb atash mumkin”, — deydi universitet talabasi, ulkan kubik mualliflaridan biri Rayan Kun.

Rubik kubigini yoqtiradigan Kun va universitetning yana bir necha talabasi boshqotirmaning imkon qadar katta va og‘ir versiyasini yaratishga qaror qildi.

Bu g‘oya ularga 3 yil avval — 2014-yilning 14-martida kelgan edi, shundan beri o‘tgan vaqt ulkan Rubik kubigini loyihalashtirish va yig‘ishga ketdi.

Boshqotirmaning yakuniy ko‘rinishi universitetning markaziy holliga o‘rnatildi. Endi uni har bir talaba yoki mehmon yechishga urinib ko‘rishi mumkin.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-04-2017, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 88) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют