» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 545 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 545 nafarga yetdi


O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 8-aprel Toshkent vaqti bilan soat 17:15 holatiga ko‘ra 11 nafarga oshib, 545 kishiga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi. Avvalroq 8-aprel Toshkent vaqti bilan soat 10:00 holatiga ko‘ra, virusni yuqtirib olganlar soni 14 kishiga oshib, 534 nafarga yetgani ma’lum qilingandi.

O‘zbekistonda 15 martdan (mamlakatda kasallik ilk bor aniqlanganidan) beri 30 kishi undan sog‘aydi. 7-aprel soat 10:00 holatiga Toshkentdagi kamida 23 bemorda pnevmoniya alomatlari kuzatilayotgan edi, yetti bemorning ahvoli og‘ir deb baholangan, ulardan biri o‘ta og‘ir ahvolda ekani aytilgan edi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirusga chalinib, vafot etganlar soni uch nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinib, vafot etganlar soni uch nafarga yetdi. Avvalroq, 27-mart kuni Namangan viloyatida koronavirusga chalingan 72 yoshli onaxon miokard infarktidan vafot etgani, 28-mart kuni Toshkentda 39 yoshli shifokor uy sharoitida o‘zini koronavirusdan davolashga urinib, oxir-oqibat vafot etgani haqida xabar berilgandi.

So‘nggi kunlarda O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlar soni sezilarli oshib bormoqda. 3-aprel kuni 22 kishida kasallik aniqlangan bo‘lsa, 4-aprel kuni 39 kishi, 5-aprel kuni 76 kishi, 6-aprel kuni esa 115 kishi kasallikka chalingani ma’lum qilindi (bu — kunlik rekord). 7-aprel kuni koronavirus aniqlangan bemorlar soni 63 nafarni tashkil etdi.

O‘zbekistondan tashqari Avstriya, Armaniston, AQSh, BAA, Janubiy Koreya, Pokiston, Rossiya, Tailand va Qozog‘istonda ham jami 23 nafar o‘zbekistonlik koronavirusga chalingan, ulardan uch nafari (barchasi AQShda) vafot etgan. Vafot etganlardan biri O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rustam Samarqandiy edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют