» » Qirg‘izistondagi kasalxonada barcha tibbiyot xodimlari koronavirusga chalindi

Qirg‘izistondagi kasalxonada barcha tibbiyot xodimlari koronavirusga chalindi


Qirg‘izistonda aholi soniga ko‘ra uchinchi o‘rinda bo‘lgan Jalolobod shahridagi viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida barcha tibbiyot xodimlari koronavirusga chalingani uchun yopildi. “RIA Novosti”ning yozishicha, bu haqda mamlakat sog‘liqni salash vaziri Sabirjan Abdikarimov ma’lum qilgan.

“Ushbu kasalxonaning barcha xodimlari koronavirusga chalindi. Shu sababli biz uni yopishga qaror qildik. Bemorlar O‘sh shahriga yuboriladi”, — degan u 8-aprel kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Vazirning aytishicha, kasalxonada dezinfeksiya ishlari olib boriladi.

Mavzuga doir: Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vaziri va bosh vazir o‘rinbosari o‘z lavozimlaridan ozod etildi

Ayni paytda Qig‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni 270 kishiga yetgan bo‘lib, ularning 32 nafari shifokorlardir. Respublikada favqulodda holat rejimi joriy etilgan. Bir qator shaharlar, shu jumladan, mamlakat poytaxti aholisiga kechki soat 8 dan keyin ko‘chaga chiqish taqiqlangan.

Mavzuga doir: O‘zbekiston Qirg‘izistonga koronavirusga qarshi kurash uchun gumanitar yordam jo‘natdi (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют