» » Chirchiqdagi to‘yxona tibbiy niqoblar ishlab chiqaradigan yashirin sexga aylantirilgani aniqlandi

Chirchiqdagi to‘yxona tibbiy niqoblar ishlab chiqaradigan yashirin sexga aylantirilgani aniqlandi


Toshkent viloyatining Chirchiq shahridagi to‘yxona tibbiy niqoblar ishlab chiqaradigan yashirin sexga aylantirilgani aniqlandi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Chirchiqda joylashgan “Aziya” to‘yxonasida Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida ro‘yxatda turuvchi 31 yoshli M.E. hech qanday hujjatlarsiz tibbiy niqob ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan.

U faoliyatini 2-aprelda boshlagan bo‘lib, noqonuniy ravishda 183 nafar ishchi yollagan va ular bilan og‘zaki ravishda, har bir niqob uchun 60 so‘mdan ish xaqi berishga kelishgan. Bu yerda tayyorlanayotgan mahsulotlarning sifati va belgilangan sanitariya talablariga qanchalik javob berishi hech kimni qiziqtirmagan.

Chirchiq shahar davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan 4-aprel kuni bino ko‘zdan kechirilganda 131 973 dona tayyor tibbiy niqob, 170 000 dona yarim tayyor mahsulot va 21 dona kleylash uskunasi, jami 301 994 dona, umumiy narxi 156 million 696 ming so‘mlik tovar moddiy boyliklar borligi aniqlangan.

Nazorat tadbiri natijasida tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqbuzarlik ashyolari masala qonuniy hal bo‘lgunga qadar vaqtinchalik olib qo‘yilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют