» » Xitoy koronavirusga qarshi kurashda Rossiyaga yordam berishga tayyor ekanligini ma’lum qildi

Xitoy koronavirusga qarshi kurashda Rossiyaga yordam berishga tayyor ekanligini ma’lum qildi


Xitoy koronavirusga qarshi kurashda Rossiya tomonidan ko‘rsatilgan yordamni unutmaydi va bu kurashda Rossiyaga yordam berish uchun barcha imkoniyatini ishga solishga tayyor. Bu haqda Xitoyning Moskvadagi elchisi Chjan Xanxuey ma’lum qildi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

Elchining eslatishicha, epidemiya boshlangan vaqtda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xitoy rahbari Si Szinpinga hamdardlik bildirib, telegramma jo‘natgan, bundan tashqari, Rossiya Xitoyga 23 tonnalik zarur tibbiy vositalar jo‘natgan.

Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy hukumati koronavirusga qarshi kurashda yordam ko‘rsatmoqda. 2-aprel kuni 26 tonnalik gumanitar yordam Moskvaga olib kelingan.

Xitoy elchisining ta’kidlashicha, XXR insoniyat epidemiya ustidan g‘alaba qozonishiga har doim ishongan.

Avvalroq Rossiya Tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova Rossiya koronavirusga qarshi kurashda ko‘rsatilgan insonparvarlik yordami uchun Xitoydan minnatdor ekanligini ma’lum qilgan. Rossiya Sanoat va savdo vazirligi Xitoy Rossiyaga niqoblar, termometrlar va himoya kostyumlaridan iborat 26 tonnalik gumanitar yordam jo‘natganini ma’lum qilgan.

Rossiyada so‘nggi bir sutkada 1175 kishida koronavirus aniqlandi, Xitoyda esa bu ko‘rsatkich 62 kishini tashkil etdi. Xitoy hukumati yanvar oyidan beri ilk bor Uxandan chiqish yo‘llarini ochdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2020, 18:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют