» » Chet el oliy o‘quv yurtlarida bakalavr va magistr darajasini qo‘lga kiritishning 5 oson yo‘li

Chet el oliy o‘quv yurtlarida bakalavr va magistr darajasini qo‘lga kiritishning 5 oson yo‘li


Hurmatli talabalar, abituriyentlar va ilmga chanqoq yoshlar! Hozirgi kunda zamon bilan hamnafas yashaydigan har bir inson ingliz tilini mukammal bilish orqali, o‘z oldiga qo‘ygan oliy maqsadiga erishayotgan bir paytda, biz ham sizlarga ingliz tili kurslari va IELTS sertifikatini olishning ishonchli, samarali va kafolatli tizimini taklif qilamiz. Hozirgi kunda chet el oliy o‘quv yurtlarida darslar ingliz tilida olib borilishi sababli, bu tilni mukammal bilish o‘sha dargohlarda ta’lim olish ishtiyoqida bo‘lgan har bir inson uchun muhimdir. Sizga ma’lumki, oliy o‘quv yurtiga hujjat topshirayotgan qiziquvchilardan IELTS’da kamida 6.0 va 6.5 hamda TOEFL’da 65 va undan yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lganlargagina universitetning ichki imtihonlarida qatnashishga ruxsat beriladi. Bu ko‘rsatkichga erishish esa, albatta, puxta tayyorgarlikni talab qiladi.

UzStudy nodavlat ta’lim muassasasi o‘z kelajagi haqida qayg‘uradigan barcha yoshlarni o‘zining yuqori malakali o‘qituvchilari tomonidan olib boriladigan o‘quv kurslariga taklif etadi. Bizning markazda siz

Yuqoridagi kurslarni yillab olingan tajribalarga tayangan holda, UzStudy o‘quv markazi xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan Express Prep (Ekspress tayyorgarlik) dasturi orqali o‘rganishni istasangiz, marhamat — UzStudy o‘quv markazi sizni kutadi!

IELTS kursi:

O‘quv markazimizda faoliyat yuritayotgan International Language Testing System (IELTS) imtihoniga tayyorlov kursi davomiyligi 5 oy bo‘lib, kurs yakunida tinglovchilarni kamida 6.5—7.0 ko‘rsatkichga erishishlariga kafolat beradi.

IELTS imtihoni ko‘rsatkichi xalqaro universitetlariga kirish uchun juda muhim sanaladi. Shuning uchun o‘quvchilardan o‘z ustilarida qat’iy turib ishlashlari talab qilinib, o‘qituvchi tomonidan ularga kerakli ko‘rsatmalar beriladi. Shuningdek, bizda online tarzda, masofadan turib o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan. IELTS imtihoni Listening (eshitish — 40 daqiqa), Reading (o‘qish — 60 daqiqa), Writing (yozish — 60 daqiqa) va Speaking (gapirish — 14 daqiqa) ko‘nikmalarini o‘z ichiga oladi. Hammasi bo‘lib 3 soatni tashkil qiladigan bu imtihonga puxta tayyorlanishni istasangiz, biz ishlab chiqqan quyidagi sistema orqali ta’lim olishingiz mumkin:

O‘quv markazimizga tashrif buyurar ekansiz, birinchi navbatda sizning darajangiz aniqlanadi. Shundan keyingina biz sizga to‘g‘ri yo‘nalish ko‘rsata olamiz. Imtihondan kerakli ball to‘plagan o‘quvchilar Pre – IELTS kursi darslarini boshlaydi va IELTS imtihoni uchun tayyorgarlikni davom ettiradi. Ball yig‘a olmagan o‘quvchilarga biz umumiy ingliz tili kurslarimizni taklif qilamiz.

Ingliz tili kurslarimiz boshqa o‘quv dasturlaridan o‘zining innovatsionligi hamda tez orada mustaqil ingliz tilida fiklashni shakllantirishga qaratilganligi bilan farq qiladi.

Ushbu imtihondan o‘tgan va kurslarimizga qabul qilingan o‘quvchilarning o‘zlari va ota-onalari bilan birgalikda ularning har bir qo‘ygan oliy maqsadlariga erishish uchun biz birgalikda ish olib boramiz. Markazimizda o‘rnatilgan tartib-qoidalarga ham o‘qituvchilarimiz, ham o‘quvchilarimiz rioya qilishlari kafolatlanadi. Darsga kech qolish yoki umuman kelmaslik holatlari uchratilsa — ogohlantirish berish bilan, keyinchalik yana shu hol takrorlansa — darsdan chetlatish bilan chek qo‘yiladi.

Quyida biz markazimizda darslarni olib boruvchi yuqori malakali IELTS o‘qituvchisi (instructor), Jamshid Ahmadaliyev (Mr. Jey)ni tanishtirib o‘tishni lozim topdik.

U AQShning Pensilvaniya shtatidagi Linkoln universitetida o‘z malakasini oshirib kelib, hozirda Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetida o‘qish faoliyatini davom ettirmoqda. Hozirgacha u IELTS imtihoniga 200 dan ortiq o‘quvchilarni tayyorlagan. Ularning o‘rtacha ko‘rsatkichi 6.5 ni qayd etmoqda.

Manzil: Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 15-uy.
Mo‘ljal: “Minor” metro yonida, Xalq qabulxonasi ro‘parasida.
Telefonlar: (+998-99) 835-26-81, (+998-90) 995-88-26.

Reklama huquqi asosida

Опубликовано: admin (15-04-2017, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют