» » Uchquduqda karantin qoidalarini buzib, oltin qazish bilan ruxsatsiz shug‘ullangan 26 kishi ushlandi

Uchquduqda karantin qoidalarini buzib, oltin qazish bilan ruxsatsiz shug‘ullangan 26 kishi ushlandi


Navoiy viloyati Uchquduq tumanida karantin qoidalarini buzgan holda oltin qazish bilan shug‘ullangan 26 kishi qo‘ga olindi va ularga nisbatan jazo tayinlandi. Bu haqda “Daryo”ga Oliy sudi matbuot xizmati rahbari Aziz Obidov ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida yashovchi 26 nafar fuqaro respublika hududida karantin e’lon qilingan bo‘lishiga qaramasdan, 2020-yil 6-aprel kuni niqobsiz holda hamda tegishli tartibda ruxsati bo‘lmasdan, Uchquduq tumanidagi qo‘riqlanmaydigan konlardan tarkibida oltin bo‘lgan toshlarni qazib olayotganligi aniqlangan.

Shuningdek, mazkur fuqarolar ichki ishlar organlari xodimlarining talablariga bo‘ysunmasdan, voqea joyidan yashirinishga harakat qilgan.

Uchquduq tuman ma’muriy sudida ushbu shaxslarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 54-moddasi (Epidemiyalarga qarshi kurashish qoidalarini buzish), 165-moddasi (Faoliyat bilan litsenziyasiz va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarsiz shug‘ullanish) hamda 195-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish) asosida ma’muriy ish ko‘rib chiqildi.

Sud bu fuqarolarning aybi ashyoviy dallilar hamda ish bo‘yicha to‘plangan boshqa hujjatlar bilan o‘z tasdig‘ini topgan deb hisobladi. Uchquduq tuman ma’muriy sudining 2020-yil 7-apreldagi qarori bilan 26 nafar huquqbuzarga ma’muriy qamoq va jarima jazolari tayinlangan.

Avvalroq, Navoiyda karantin vaqtida o‘z uyini diskotekaga aylantirgan yoshlar jarimaga tortilgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют