» » Toshkentda ichki ishlar organlarining karantinda olib borayotgan ishlarini masxara qilgan bloger 7 sutkaga qamaldi

Toshkentda ichki ishlar organlarining karantinda olib borayotgan ishlarini masxara qilgan bloger 7 sutkaga qamaldi


Toshkentda ichki ishlar organlari xodimlarining karantinda olib borayotgan ishlarini masxara qilgan bloger ma’muriy qamoqqa olindi, deb xabar bermoqda poytxat IIBB matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, u o‘zining Instagram’dagi sahifasiga sanitariya-epidemiologiya talablarini mensimaganligi namoyish etilgan, shuningdek, beodob so‘zlarni ishlatib, ichki ishlar organlari xodimlarining karantin kunlarida olib borayotgan ishlarini masxara qilgani aks etgan bir nechta foto va videolar joylagan.

Olib borilgan tekshiruv natijasida mazkur akkauntni boshqaradigan shaxs 21 yoshli muqaddam sudlangan G.A. ekanligi aniqlangan.

Unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik)ga muvofiq, sud tomonidan 7 sutkalik ma’muriy jazo qo‘llanilgan.

Avvalroq Toshkentda profilaktika inspektorining pogonini yulib, xizmat kiyimini yirtib tashlagan ayolga jinoiy ish qo‘zg‘atilgani, karantin vaqtida “eplab” ko‘chada niqobsiz yurgan qiz va 2 yigit 15 sutkaga qamalgani xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют