Paolo Maldini va uning o‘g‘li koronavirusdan xalos bo‘ldi
Italiya terma jamoasi va “Milan” klubi sobiq himoyachisi, hozirda klub rahbariyatida faoliyat yuritayotgan Paolo Maldini koronavirusdan xalos bo‘ldi, deya xabar qilmoqda La Gazzetta dello Sport.
Shuningdek, Paoloning o‘g‘li, mart oyida “Milan” asosiy tarkibida debyut qilgan Daniel Maldini ham infeksiyani yengib o‘tgan.
21-mart kuni milanliklar texnik direktori va uning 18 yoshli o‘g‘lida koronavirus borligi ma’lum qilingandi. Ayni damda Maldini klub boshqaruviga qaytgan.
Mavzuga doir: Dibalada yana koronavirus aniqlandi
8-aprel holatiga Italiyada koronavirusga chalinganlar soni 135,5 mingdan oshdi. 17 mingdan ortiq kishi vafot etgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Manba: Daryo.uz