» » “Undan yaxshi bloger chiqadi”. Sho‘x-shodon kulayotgan tulki telefonni o‘g‘irlab qochdi (video)

“Undan yaxshi bloger chiqadi”. Sho‘x-shodon kulayotgan tulki telefonni o‘g‘irlab qochdi (video)


Reddit foydalanuvchisi smartfoniga tulki tomonidan tasvirga olingan video bilan bo‘lishdi, deb yozadi Esquire.

Tabiat qo‘yniga mashq qilishga chiqqan ayol jarayonni videoga olmoqchi bo‘ldi. Lekin tulkining boshqa rejalari bor edi, deyiladi xabarda.

Smartfon egasi uni yoqib, uzoqroqqa ketdi. Shu payt tulki smartfonni egallab, qocha boshlaydi, vaqti-vaqti bilan videoda uning kulayotganini eshitish mumkin.

Tulki yarim yo‘lgacha telefonni tutib borgan, keyin uni tashlab qochgan. Bu jarayon kadrda ko‘rinib qolgan.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ushbu videoga tulkidan yaxshi bloger chiqishini hazilomuz tarzda yozib qoldirgan.

Tulki uzoqqa qocha olmadi, uni tutishdi. Jonivorning laqabi — Deksi. U yo‘qolib qolgan yoki juni uchun boqiladigan fermalardan qutqarilgan tulkilarga mo‘ljallangan pitomnikda yashaydi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют