» » Brauzerlarga qaytib: Koronavirus internetni qanday o‘zgartirib yubordi?

Brauzerlarga qaytib: Koronavirus internetni qanday o‘zgartirib yubordi?


AQShlik foydalanuvchilar koronavirus pandemiyasi va karantin choralari sabab internetdan foydalanish sohasidagi o‘z ko‘nikmalarini o‘zgartirishga majbur bo‘lmoqda, deb yozadi TheNew York Times.

Izolyatsiya sabab ko‘plab insonlar yaqinlari bilan aloqada qolish, o‘qish, ishlash va maroqli dam olish uchun elektron qurilmalardan faol foydalanishga o‘tgan, biroq smartfon ekrani orqali kontent “iste’mol qilish” hajmi deyarli o‘zgarmagan.

Biroq saytlarni desktop bauzerlar orqali ko‘rish keskin oshgan — bu uyda o‘tirgan insonlar shaxsiy kompyuter va noutbuklaridan ko‘proq foydalanayotganini ko‘rsatadi.

Shunda qilib, yanvar-mart oylarida Facebook’ning veb-versiyasiga kirish 27 foizga, Netflix 16 foiz, YouTube esa 15,3 foizga oshgan.

Mavzuga doir: Zoom videokonferensiya servisining kunlik foydalanuvchilari soni 200 mln kishidan oshib ketdi

Taqqoslash uchun, ushbu servislarning mobil dasturlaridan foydalanish pandemiya vaqtida 1 foizga o‘shgan, YouTube esa 4,5 foizga tushib ketgan.

Amerikada ijtimoiy masofalanish sabab odamlar yaqinlari bilan uchrasha olmayapti, shunga qaramay, ular videokonferensiya xizmatlarini taqdim etuvchi servislardan foydalanishga o‘tdi. Xususan, Google Duo dasturining mashhurligi 12,4 foizga, Nextdoor sayti 73,3 foizga, Houseparty esa 79,4 foizga oshgan.

Bundan tashqari, ta’lim va ish jarayonlarida yordam beruvchi Zoom, Google Classroom, Google Hangouts va Microsoft Team auditoriyasi ham keskin ko‘paygan.

Mavzuga doir: Google Classroom ta’lim dasturi koronavirus fonida 50 mln martadan ortiq yuklab olindi

NYT’ning yozishicha, Washington Post, CNBC, Fox News kabi ishonchli bo‘lgan yirik yangilik portallariga tashriflar ham oshgan.

Sport resurslari esa og‘ir damlarni boshdan kechirmoqda. Deyarli barcha yirik turnir va musobaqalar bekor qilingani sabab ESPN telekanali saytining auditoriyasi 40,2 foizga tushib ketgan. Odamlar sport o‘rniga kibersportga ko‘proq e’tibor qaratmoqda — pandemiya vaqtida Twitch videoplatformasining mashhurligi 19,7 foizga ko‘tarilgan.

Shuningdek, TikTok kabi mobil dasturlar ham sezilarli darajada o‘sgan — 15,4 foizga.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 86) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют