» » Ozbekistonda qishloq xojaligi kooperativiga azo bolgan ishsiz fuqarolarga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi jamgarmasi tomonidan 24 mlrd som ajratiladi

Ozbekistonda qishloq xojaligi kooperativiga azo bolgan ishsiz fuqarolarga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi jamgarmasi tomonidan 24 mlrd som ajratiladi


Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 8-aprel, chorshanba kuni, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda joylardagi ishlar natijadorligi tahlili hamda oziq-ovqat xavfsizligini taminlash, aholi bandligi va daromadini oshirishning muhim manbai bolgan tomorqachilikni rivojlantirishga bagishlangan videoselektor yigilishi bolib otdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Yigilishda takidlanishicha, qishloq xojaligida vaqtincha foydalanilmayotgan yerlarni ozlashtirib, kam taminlangan oilalarni band qilish boyicha tizim yaxshi samara bermoqda. Andijon, Namangan va Fargona viloyatlarida bu borada 31 ta kooperativ tashkil etilib, 1600 nafar ishsiz fuqaroning bandligi taminlandi. Bunday kooperativlar faoliyatini moliyaviy qollab-quvvatlash maqsadida Ozbekiston Fermer, dehqon xojaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi jamgarmasidan 50 milliard som ajratilgan.

Yigilishda bu tajribani boshqa hududlarda ham joriy qilib, kambagallikni va ishsizlikni kamaytirish boyicha topshiriqlar berildi.

Kooperativga azo bolgan ishsiz fuqarolarga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi jamgarmasidan mahsulot yetishtirish xarajatlari uchun 24 milliard som subsidiya ajratiladi. Kam taminlangan, qarovchisi bolmagan oilalarga mevali kochatlar, sabzavot uruglari va boshqa moddiy resurslar yetkazib beriladi.

Takidlanishicha, koronavirus pandemiyasi dunyo mamlakatlarida oziq-ovqat xavfsizligi borasidagi siyosat va chora-tadbirlar yetarli emasligini yaqqol korsatdi.

Yigilishda davlat rahbari Ozbekistonda oziq-ovqat mahsulotlariga bolgan ichki talabni toliq taminlash, aholi daromadlari va farovonligini oshirish uchun katta rezerv va imkoniyatlar mavjudligini takidladi.

Buning uchun barcha fermer, klaster, dehqonlar karantin qoidalariga amal qilgan holda oz dalasida, aholi esa tomorqasida bahorgi ekish ishlarini davom ettirishi kerak. Aks holda ichki bozorda narx-navo barqarorligini saqlash qiyin bolishi hammaga ayon, deyiladi xabarda.

Shu bois oxirgi yillarda aholi tomorqalaridan samarali foydalanish boyicha qator qarorlar qabul qilindi, ayrim qonunlarga ozgartishlar kiritildi. Mahalla va oilani qollab-quvvatlash vazirligi, uning hududiy bolinmalari, mahalla fuqarolar yiginlarida tomorqa bilan shugullanadigan alohida orinbosar lavozimi joriy etildi.

Ozbekiston Fermer, dehqon xojaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hamda uning hududiy bolinmalari tashkil qilindi. Aholiga uruglik va kochat yetkazib berish, xizmatlar korsatish boyicha 244 ta Tomorqa xizmati korxona faoliyati yolga qoyildi. Tomorqada yangi loyihalarni amalga oshirish uchun davlat budjetidan 350 milliard som ajratilib, Fermerlar kengashi huzurida jamgarma faoliyati yolga qoyildi.

Qayd etilishicha, aholiga komaklashadigan, moddiy resurslarni yetkazib beradigan va moliyalashtiradigan, oldin bolmagan tizim yaratildi.

Videoselektorda ushbu tizimdan samarali foydalanib, tomorqalarda mahsuldorlikni oshirish boyicha qoshimcha vazifalar belgilandi.

Malum qilinishicha, otgan yili joylarda 233 ta quduq qazilib, 4,5 mingdan ortiq xonadonning suv taminoti yaxshilangan.

Hozirda esa Jondor, Shofirkon, Baxmal, Forish, Guzor, Chiroqchi, Nurota, Qoshrabot, Urgut, Xovos, Bekobod, Yozyovon, Qoshkopir kabi tumanlarning aksariyat qishloqlarida suv taminoti ogir bolib qolmoqda.

Shu bois Fermer, dehqon xojaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga hokimlar bilan birgalikda suv taminoti yaxshi bolmagan mahallalarda artezian quduqlar qazib, hosildorlikni oshirish vazifasi qoyildi.

Shuningdek, yigilishdaOzbekistonda koronavirusga qarshi kurash uchun tashkil etilgan Ozbekiston Mehr-shafqat va salomatlik jamgarmasiga 50milliard somdan ortiq mablag otkazilgani malum qilindi.



Manba: Daryo.uz
: admin (8-04-2020, 21:11)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 44) ( 0) ( 42) ( 2)
:
-
:
20 ... -