» » Sirdaryoda velosipedda baqir-chaqir qilgan fuqaro 15 sutkaga qamaldi

Sirdaryoda velosipedda baqir-chaqir qilgan fuqaro 15 sutkaga qamaldi


Sirdaryoda 7-aprel, seshanba kuni, karantin qoidalariga rioya qilmay, jamiyatda yurish-turish qoidalarini buzib, velosipedda baqir-chaqir qilgan fuqaro 15 sutkaga qamaldi.

IIV matbuot xizmatining xabar berishicha, ushbu fuqaro viloyatning Boyovut tumanidagi Elobod ko‘chasida yashovchi 39 yoshli U.Yu. bo‘lib, u Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi (Epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish), 183-moddasi (Mayda bezorilik) va 194-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bilan aybli deb topilgan.

Qoidabuzarga Ma’muriy ishlar bo‘yicha Guliston tumani sudi tomonidan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Avvalroq Farg‘onada ham jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, sababsiz baqir-chaqir qilib, profilaktika inspektorini haqorat qilgan velosipedda yurgan mast fuqaro 15 sutkaga qamalgan edi. Karantin qoidasini buzib, ichki ishlar xodimlariga qarshilik ko‘rsatgan ayol ham 5 sutkaga qamalgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 6-apreldan mototransport va velosipedda harakatlanish karantin davrida vaqtincha cheklandi. Faqatgina hayotiy zarur ehtiyojlar — oziq-ovqat, dori-darmon, tibbiy buyum va vositalar xarid qilish, shifokor ko‘rigiga murojaat etish, shuningdek, ish joyiga borish va kelish uchun ruxsat etiladi.

Mavzuga doir: Toshkentda karantin vaqtida “eplab” ko‘chada niqobsiz yurgan qiz va 2 yigit 15 sutkaga qamaldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 77) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют