» » Yuk mashinasida 4 nafar fuqaroni Toshkentga olib kirmoqchi bo‘lgan haydovchi ushlandi

Yuk mashinasida 4 nafar fuqaroni Toshkentga olib kirmoqchi bo‘lgan haydovchi ushlandi


Toshkent viloyati Ohangaron tumanida yashovchi 47 yoshli haydovchi 4-aprel, shanba kuni, o‘zining yuk mashinasida qishloq xo‘jaligi mahsuloti bilan birga 4 nafar fuqaroni belgilangan cheklovlarga zid ravishda Toshkent shahriga olib kirmoqchi bo‘lgani aniqlandi.

Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosovning AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilishicha, haydovchi ularning har biridan 50 ming so‘mdan olgan.

Shunga o‘xshagan karantin qoidalarini buzish harakatlari Toshkent shahriga kirish postlarining o‘zida 20 dan ortiq aniqlangan. Undan tashqari, Termiz, Namangan, Samarqand, Buxoro shaharlariga ham kirib-chiqishda bunday holatlar bir necha marotabalab aniqlangan.

Shu bilan birga, Toshkent shahriga kirib kelmoqchi bo‘lgan, boshqa viloyatlarda tergov va suddan yashiringan 3 nafar qidiruvdagi shaxs ushlangan hamda 4 ta holatda Toshkent shahrida sotishga mo‘ljallangan narkotik va psixotrop moddalarni olib kirmoqchi bo‘lganlar aniqlangan.

Mazkur huquqbuzarliklarning barchasi yuk tashish mashinalaridan foydalanib sodir etilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida 27-martdan boshlab viloyatlararo transport qatnovi to‘xtatilgan, biroq cheklov yuk mashinalariga nisbatan qo‘llanilmaydi. Shuningdek, 30-martdan shaxsiy avtomobilda maxsus ruxsatnomasiz harakatlanish taqiqlandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют