» » Olmaliq, Angren, Yangiyo‘l hamda Chirchiq shaharlariga kirish va chiqish yopiladi

Olmaliq, Angren, Yangiyo‘l hamda Chirchiq shaharlariga kirish va chiqish yopiladi


9-apreldan boshlab Toshkent viloyatining Olmaliq, Angren, Yangiyo‘l va Chirchiq shaharlarida karantin tartiblari yanada kuchaytiriladi. Bu haqda Toshkent viloyati axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, fuqarolarning ushbu hududlarga kirishi va chiqishi cheklanadi. Favqulodda holatlar hamda yuk avtomobillarining qatnovi bundan mustasno.

Vaziyatdan kelib chiqib, ushbu hududlarga yondosh tumanlarda oziq-ovqat yarmarkalari tashkil etilmoqda.

Faoliyatini davom ettirayotgan Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati ishchilariga shahar ichidan vaqtincha yashash uchun joy topish tavsiya qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 27-martdan Navoiy va Zarafshon shaharlariga kirish-chiqish yopilgan, Qarshi shahriga kirish-chiqish esa 28-martdan boshlab to‘xtatilgan. Shuningdek, Guliston shahriga kirish-chiqish ham to‘xtatilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют