» » Andijonda karantin qoidalarini buzgan fuqarolarning velosiped hamda mototransport vositalari olib qo‘yilmoqda

Andijonda karantin qoidalarini buzgan fuqarolarning velosiped hamda mototransport vositalari olib qo‘yilmoqda


Andijon shahrida karantin qoidalarini buzgan fuqarolarning velosiped hamda mototransport vositalari olib qo‘yilib, jarima maydoniga joylashtirilmoqda. Bu haqda “Daryo” muxbiri Umidjon Mamarasulov xabar berdi.

Andijon IIB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, Andijon shahrida maqsadsiz mototransport hamda velosipedlarda belgilangan cheklovlarni buzib harakatlanayotgan fuqarolarni aniqlash maqsadida boshqarma sohaviy xizmatlari hamda Milliy gvardiya xodimlaridan iborat 10 ta ishchi guruhi tashkil etilgan.

Ta’kidlanishicha, ishchi guruh 6-aprel kuni ko‘chada velosiped hamda mototransport vositalarini bemaqsad boshqarib yurgan 407 nafar fuqaroni aniqlab, ularga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirgan.

Jarima maydonchasidan joy olayotgan transport vositalari, skuter va velosipedlar karantin muddati tugaganidan so‘ng o‘z egalariga qaytarilishi tushuntirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 6-aprel kuni soat 6:00 dan e’tiboran Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida mototransport (skuter) hamda velosipedda harakatlanish karantin davrida vaqtincha cheklandi.

Bunda faqatgina hayotiy zarur ehtiyojlar — oziq-ovqat, dori-darmon, tibbiy buyum va vositalar xarid qilish, shifokor ko‘rigiga murojaat etish, shuningdek, ish joyiga borish va kelish uchun ruxsat etiladi.

Mavzuga doir:  



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 31) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют