» » Andijon viloyati XTB o‘qituvchilarning uyma-uy yurib, o‘quvchilar haqida fotohisobot tayyorlayotgani yuzasidan rasmiy izoh berdi

Andijon viloyati XTB o‘qituvchilarning uyma-uy yurib, o‘quvchilar haqida fotohisobot tayyorlayotgani yuzasidan rasmiy izoh berdi


Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasi internetda “O‘qituvchilarga uyma-uy yurib, karantindagi o‘quvchilarning dars qilayotganini suratga olish buyurildi” mavzudagi xabar yuzasidan rasmiy izoh berdi.

Unga ko‘ra, Izboskan tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri tomonidan maktab direktorlari va o‘qituvchilariga qanday topshiriqlar berilganligini aniqlash maqsadida viloyat xalq ta’limi boshqarmasi ishchi guruhi tumandagi bir nechta maktab direktorlari va o‘qituvchilari bilan telefon orqali suhbatlashgan.

O‘tkazilgan suhbat jarayonida tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri o‘qituvchilarga uyma-uy yurib, o‘quvchilarning darslarni qanday tayyorlayotganligini aniqlashi bo‘yicha hech qanday topshiriq berilmagani ma’lum bo‘ldi.

30-martdan o‘quvchilarga masofaviy ta’lim berish maqsadida televizion darslar efirga uzatila boshlandi. Ushbu dars jarayonlarini kuzatib borishda kam ta’minlangan oila farzandlari qiyinchilikka duch kelgani bois, karantin kunlari maktablarning boshlang‘ich sinflardagi televizorlar bo‘sh turganligi sababli sharoiti yo‘q oilalarga foydalanib turishi uchun vaqtinchalik berish bo‘yicha viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan topshiriq berilgan. Shuningdek, mahalliy homiylar yordami bilan kam ta’minlangan oilalarga televizorlar sovg‘a qilinmoqda.

Mamlakatda o‘quvchilar va o‘qituvchilar uchun yaratib berilayotgan keng imkoniyatlarni suiiste’mol qilib, karantin qoidalariga amal qilmasdan uni buzish holatlari kuzatilsa, tegishli tartibda chora ko‘rilishi bo‘yicha viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan tuman, shahar xalq ta’limi bo‘limi mudirlari ogohlantirilgan.

Tanqidiy maqolada “direktorlar va o‘qituvchilar videoselektorda ishtirok etishgan” deya keltirilgan so‘zlar haqiqatdan uzoqligini ma’lum qilamiz. Boisi tumanda bu tartibda yig‘ilish o‘tkazish uchun yetarli texnik qurilmalar mavjud emas. 2020-yilning 7-aprel kuni ta’lim xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan suhbat Zoom konferensiya orqali amalga oshirilgan bo‘lib, mazkur onlayn suhbat jarayonida mudir tomonidan ortiqcha topshiriq berilmagan. Aksincha, o‘quvchilar televizion fanlarni o‘zlashtirishlari bo‘yicha sinf rahbarlari masofaviy nazorat olib borishlari kerakligi tushuntirilgan, deyiladi viloyat xalq ta’limi boshqarmasining ma’lumotida.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют