» » “Karantindan keyin insonlar o‘zini baxtli his eta boshlaydi”. Billi Aylish izolyatsiyani qanday o‘tkazayotgani haqida so‘zlab berdi

“Karantindan keyin insonlar o‘zini baxtli his eta boshlaydi”. Billi Aylish izolyatsiyani qanday o‘tkazayotgani haqida so‘zlab berdi


Amerikalik 18 yoshli xonanda Billi Aylish Telekom Electronics Beats podkastida ishtirok etdi va Kaliforniyada karantinni qanday o‘tkazgani haqida gapirib berdi, deb yozadi “RBK”.

“Bu g‘alati eshitilishi mumkin, lekin menga yolg‘iz qolish yoqadi. Ko‘pchilik internetda kun bo‘yi vaqtini FaceTime’da sog‘ingan do‘stlari bilan ko‘rishish uchun o‘tkazayotgani haqida yozyapti. Men o‘z do‘stlarimni yaxshi ko‘raman, biroq yolg‘iz qolish menga yoqadi. Menda 12 yil davomida yolg‘iz qolish imkoni bo‘lmagan. Bu mantiqsizlik”, — deydi Billi.

U shuningdek, yolg‘iz qolish foydali va zarur tajriba ekanligini ham qo‘shimcha qilgan.

Xonanda kun bo‘yi Miss Mardi va Jima laqabli ikkita pitbuli bilan vaqt o‘tkazmoqda va buni “to‘laqonli bandlik” deb atadi.

Xonandaning fikricha, karantin tugashi bilan insonlar o‘zini baxtli his qila boshlaydi.

“Biz ko‘chaga chiqib, bir-birimizni ko‘rishimiz bilan bu holatning baxt ekanligini anglab yetamiz. Lekin uch kun o‘tib, buni oddiy holdek qabul qila boshlaymiz. Inson tabiati shunaqa. Biz nimaningdir qadrini uni yo‘qotganimizda bilamiz. Biroq uni bizga qaytib berishganida boshqa hech qachon uni yo‘qotmaymiz, deb o‘ylaymiz. Bu juda g‘alati, axir biz ko‘chada sayr qilish yoki do‘stlarimiz bilan diydor ko‘rishish imkonini yo‘qotish mumkinligini hech qachon xayolimizga ham keltirmagandik”, — deydi Billi Aylish.

Xonanda shuningdek, kelajak haqida ko‘p ham o‘ylamasdan hozirgi hayot bilan yashashni istashini ham qo‘shimcha qilgan.

“Men hozir o‘z harakatlarim haqida, ular dunyoga, insonlarga qanday ta’sir ko‘rsatishi haqida o‘ylayapman. Shuning uchun hech qachon menga baribir, demayman”— deydi xonanda.

Mavzuga doir: Billi Aylishning akasi yangi klip chiqardi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2020, 07:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют