» » Navoiyda singli va turmush o‘rtog‘iga tazyiq o‘tkazgan 2 erkak javobgarlikka tortildi

Navoiyda singli va turmush o‘rtog‘iga tazyiq o‘tkazgan 2 erkak javobgarlikka tortildi


Navoiy viloyatining Karmana va Uchquduq tumanlarida o‘z oila a’zolariga tazyiq o‘tkazib, ularga zo‘ravonlik qilgan ikki nafar erkak javobgarlikka tortildi. Bu haqda Navoiy viloyat IIB ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, Karmana tuman tibbiyot birlashmasi hamshirasi Karmana tuman IIBga telefon orqali murojaat etib, 1999-yil tug‘ilgan, Karmana tumani Farhod MFYda istiqomat qiluvchi qiz K.L. tan jarohati olgan holda shifoxonaga yotqizilganligini ma’lum qilgan.

Tuman IIBning olib borgan surishtiruv natijasida aniqlanishicha, K.L. birga yashovchi 1989-yil tug‘ilgan o‘gay akasi Sh.B. tomonidan kaltaklangan. Sh.B. o‘zaro oilaviy kelishmovchiliklar natijasida bir necha bor qizga zo‘ravonlik va tazyiqlar o‘tkazib kelgan. Tuman IIB tomonidan Sh.B. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 52-moddasiga asosan javobgarlikka tortilgan.

Viloyat IIB tomonidan xabar berilishicha, yana bir fuqaro, Uchquduq tumani O‘zbekiston ko‘chasida yashovchi, 1988-yilda tug‘ilgan fuqaro A.Yu. Uchquduq tumani IIBga ariza bilan murojaat qilgan. U turmush o‘rtog‘i, 1982-yilda tug‘ilgan Z.D. bilan o‘zaro oilaviy kelishmovchilik natijasida murosaga kela olmayotganligini, turli vajlar bilan kaltaklanib, tan jarohati olganligini ma’lum qilgan.

Uchquduq tumani IIB tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida, Z.D. aybdor deb topilib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 52-moddasiga binoan javobgarlikka tortilgan.

Avvalroq Navoiyda karantin vaqtida o‘z uyini diskotekaga aylantirgan yoshlar jarimaga tortilgani hamda Uchquduqda karantin qoidalarini buzib, oltin qazish bilan ruxsatsiz shug‘ullangan 26 kishi ushlangani haqida xabarlar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2020, 08:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 37) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют