» » Xiaomi yana Apple’dan ko‘chirdi. Xitoyliklarning “aqlli” kolonkasini Apple HomePod’dan ajratib bo‘lmaydi

Xiaomi yana Apple’dan ko‘chirdi. Xitoyliklarning “aqlli” kolonkasini Apple HomePod’dan ajratib bo‘lmaydi


Xiaomi kompaniyasi Apple HomePod’ga juda ham o‘xshash “aqlli” kolonkani patentladi, deb xabar beradi IXBT.

Xiaomi ko‘p bora Apple dizaynini ko‘chirishda ayblangan, biroq kompaniya bundan deyarli xavotirlanmaydi.

Patent Xitoy Milliy intellektual mulk boshqarmasi (CNIPA) saytida e’lon qilingan bo‘lib, qurilma eskizlarini Apple’ning akustik tizimlari bilan adashtirib qo‘yish hech gap emas.

Manbalarning ta’kidlashicha, “aqlli” kolonka barcha yo‘nalishlar bo‘yicha tarqaluvchi hajmli ovozni taqdim etadi, shuningdek, boshqarish uchun sensorli sirtga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, foydalanuvchilar ovozli yordamchidan foydalanishi mumkin.

Taxminlarga ko‘ra, dinamikaning yuqori panelidan OLED-ekran yoki datchik o‘rin oladi, bu esa imo-ishoralar bazasida boshqarish imkonini beradi.

Ushbu yangilik faqat Xitoyda taqdim etilib, unga XiaoAL ovozli yordamchisi o‘rnatiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2020, 08:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют