» » “Odamlar o‘layotgan paytda biron narsa haqida gapirish noo‘rin”. Vogue jurnali ilk marta oq muqova bilan chop etiladi

“Odamlar o‘layotgan paytda biron narsa haqida gapirish noo‘rin”. Vogue jurnali ilk marta oq muqova bilan chop etiladi


Italiyada chop etiladigan moda haqidagi Vogue jurnali ilk marta oq rangdagi bo‘sh muqova bilan chop etiladi. Bu haqda nashrning Instagram’dagi sahifasida ma’lum qilindi.

Nashr tahririyati “odamlar haligacha vafot etayotgan, shifokor va hamshiralar o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yayotgan paytda boshqa narsalar haqida gapirish noo‘rin bo‘ladi” deb hisoblagani uchun shunday yo‘l tutilganini yozgan.

Muqovaga oq rang tanlangani esa bir vaqtning o‘zida juda ko‘p ma’no anglatadi. Qayd etilishicha, oq rang hurmat, qorong‘ilikdan keyin keladigan yorug‘lik hamda shifokorlar formasi rangini bildiradi.

Vogue’ning ijodiy direktori Ferdinando Verderi mamlakat koronavirus pandemiyasi bilan kurashayotgan bir paytda bu muqova ayni muddao ekanligini aytgan.

Mavzuga doir: Italiyada koronavirus qurbonlari sonining o‘sish sur’ati kamaygani ma’lum qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2020, 08:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют