» » Soliq qo‘mitasi kartadagi pul aylanmasi haqida axborot olish borasidagi o‘z tashabbusini izohladi

Soliq qo‘mitasi kartadagi pul aylanmasi haqida axborot olish borasidagi o‘z tashabbusini izohladi


Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki boshqaruvining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari tomonidan bank hisobvaraqlariga oid axborotlarni Davlat soliq qo‘mitasiga elektron uzatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qo‘shma qarori loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi va keng jamoatchilik e’tiborini tortdi. Davlat soliq qo‘mitasi ushbu masala yuzasidan o‘z munosabatini bildiradi.

Aksariyat xorijiy mamlakatlar tijorat banklarida AML (Anti-Money Laundering – Pul yuvishga qarshi kurash) va KYC (Know Your Customer – O‘z mijozingizni biling) tizimlari ishlaydi. Tijorat banklari ulardan foydalanish jarayonida shubhali operatsiyalarni tahlil qiladi va noqonuniy pul oqimlari belgilari, aniqlansa, bu haqda soliq idoralariga va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish organlariga xabar beradi.

O‘zbekistonda soliq organlari tijorat banklaridan bunday ma’lumotlarni olmaydi. Bu borada nazorat yo‘qligi ‘yashirin iqtisodiyot’ning paydo bo‘lishi va rivojlanishining asosiy omillaridan biridir.

Faqatgina 2020-yil yanvar oyining o‘zida sotuvdan tushgan daromadlari kamaygan 185 ta korxona tahlil qilinganda, jismoniy shaxslarning to‘lov kartalari orqali 6,3 milliard so‘m miqdorida tovar aylanmasi aniqlandi. Shuncha vaqt davomida ular 27 519 ta tranzaksiyani amalga oshirgan. Soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash faktlari mavjud bo‘lib, ushbu summa hech qanday rasmiy hujjatlarda aks ettirilmagan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 24-yanvarda Parlamentga murojaatida ‘Islohotlarimizga jiddiy to‘sqinlik qilayotgan ‘yashirin iqtisodiyot’ga barham berilmas ekan, sog‘lom raqobat ham, qulay investitsiya muhiti ham shakllanmaydi’ deya ta’kidlagan edi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda ‘O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari tomonidan bank hisobvaraqlariga oid axborotlarni Davlat soliq qo‘mitasiga elektron uzatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida’gi DSQ va MBning qo‘shma qarori loyihasi ishlab chiqildi.

Ushbu hujjat nima uchun ishlab chiqildi?

Asosiy maqsad tadbirkorlar soliqlarni to‘lashdan bosh tortmasdan qonuniy faoliyat olib borishini ta’minlashdir.

R2R (jismoniy shaxs kartasidan boshqa kartaga) yordamida pul operatsiyalarini amalga oshiradigan va o‘z faoliyatini qonuniylashtirmagan “ishbilarmonlar”ning nazoratsiz ishtiroki ularga raqobatchilaridan ustunliklarni beradi, shuningdek, tayyor mahsulot narxiga ham ta’sir qiladi.

Bu o‘z navbatida, soliq majburiyatlarini muntazam ravishda bajaradigan halol soliq to‘lovchilarning huquqlarini buzadi.

Hujjatga ko‘ra, soliq idoralari so‘rov asosida Markaziy bank va tijorat banklaridan yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar hisobvaraqlari va R2R (jismoniy shaxslar kartasiga boshqa jismoniy shaxs kartasidan) pul o‘tkazmalarini amalga oshirish to‘g‘risida ma’lumot oladi.

Olingan ma’lumotlar inson omili aralashuvisiz soliq to‘lovchilarni xavf mezonlari bo‘yicha segmentlashda foydalaniladi. Taqdim etilgan ma’lumotlar asosida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan, noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotganlarning savdo aylanmalari aniqlanadi.

Bunda mazkur ma’lumotlar hamma soliq xizmati xodimlari uchun ochiq bo‘lmaydi – ma’lumotni tahlil qilish faqat Davlat soliq qo‘mitasida avtomatlashtirilgan tizimda amalga oshiriladi.

Bu haqida Soliq kodeksi nima deydi?

Ta’kidlash joizki, banklar tomonidan mijozlar (yuridik va jismoniy shaxslar) hisobvaraqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning taqdim etilishi Soliq kodeksining 134-moddasida mustahkamlangan.

Ushbu moddaga muvofiq, bank har qanday yuridik yoki jismoniy shaxsning hisobvarag‘i ochilganligi (yopilganligi), hisobvarag‘i rekvizitlarining o‘zgartirilganligi to‘g‘risidagi axborotni tegishli hodisa ro‘y bergan kundan e’tiboran uch kun ichida elektron shaklda, o‘zi joylashgan yerdagi soliq organiga ma’lum qilishi shart.

Bank tomonidan axborotni ma’lum qilish tartibi va shakllari Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishilgan holda Markaziy bank tomonidan belgilanadi.

Soliq organining bank mijoziga nisbatan axborot taqdim etish to‘g‘risidagi so‘roviga binoan bank yozma so‘rov olingan kundan e’tiboran uch kun ichida soliq organlariga quyidagilarni berishi shart:

Ushbu me’yorlarning ‘Bank siri to‘g‘risida’gi qonunga muvofiqligi masalasiga kelsak, ushbu qonunning 11-moddasida quyidagilar nazarda tutilgan:

‘Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar davlat soliq xizmati organlariga bank mijoziga (vakiliga) soliq solish masalalariga taalluqli hollarda qonun hujjatlariga muvofiq taqdim etiladi’.

Mazkur ma’lumotlar bevosita soliqqa tortish bilan bog‘liq, shuning uchun qaror yuqoridagi qonunga zid emas.

Shuni ta’kidlash kerakki, ushbu hujjatni tayyorlashda xorijiy tajriba o‘rganildi. Masalan, Rossiya, Qozog‘iston, Belarus, Polsha, Latviya, Litva kabi mamlakatlarda banklar va soliq idoralari o‘rtasida ma’lumot almashish tizimi yaratilgan.

Raqamlashtirish va “yashirin iqtisodiyot”

Bugungi kunda mamlakatimizda raqamlashtirishning keng joriy etilayotgani natijasida elektron tijorat rivojlandi. Telegram kanallari, Instagram, Facebook orqali uydan chiqmasdan tovarlar va xizmatlarni sotish amalga oshirilmoqda.

Bunday onlayn-do‘konlarning assortimenti ko‘pincha tadbirkorlik subyekti sifatida ro‘yxatdan o‘tgan o‘rtacha do‘konlardan farq qilmaydi. Mahsulot yoki xizmat haqini to‘lashda, bunday “sotuvchi”lar aksariyat hollarda pulni jismoniy shaxslar kartasiga (R2R) o‘tkazishni so‘rashadi.

Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, mazkur “tadbirkorlar”ning aksariyati davlat ro‘yxatidan o‘tmagan. Ular daromadlarini deklaratsiya qilmaydi va shu sababli soliqqa tortilmaydi, bu “yashirin iqtisodiyot” o‘sishiga olib keladi.

Hujjatga muvofiq, bir oy davomida jismoniy shaxslarning barcha bank kartalariga kelib tushgan pul mablag‘lari aylanmasi 30 million so‘mdan va tranzaksiyalar soni 10 tadan oshgan P2P operatsiyalari to‘g‘risidagi axborotlarni DSQ so‘roviga ko‘ra, uch ish kunida taqdim etadi. Ma’lumotlar maxsus xavfsiz aloqa kanallari orqali uzatiladi.

Soliq organlari aniqlangan holat bo‘yicha ma’lumot olgandan so‘ng har bir alohida subyektni tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish borasida o‘rganish olib boradi.

Bunda, jismoniy shaxslarning plastik kartasiga katta miqdordagi mablag‘ kelib tushishi shubhali bo‘lmaganda umuman soliq hisoblanishi uchun sabab bo‘lmaydi. Soliq organlari tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tmagan tadbirkorlik faoliyati mavjudligi bo‘yicha har bir holatni sinchkovlik bilan o‘rganib chiqadi.

Ta’kidlash joizki, DSQ tijorat banklaridan mijozlar depozitlari, dividendlar va ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni so‘ramaydi.

Agar noqonuniy biznes faktlari aniqlansa, ushbu subyektlar faoliyatini qonuniylashtirish uchun zarur choralar ko‘riladi.

Shunday qilib...

Taklif etilayotgan tartib DSQ, Markaziy bank va tijorat banklari o‘rtasida elektron axborot almashish mexanizmini o‘rnatadi.

Bu quyidagilarni ta’minlashga xizmat qiladi:

Ushbu hujjat daromad oladigan barcha tadbirkorlik subyektlari uchun teng raqobat sharoitlarini yaratishni nazarda tutadi. Soliqlarni to‘lash – bu har bir kishining Konstitutsiyada mustahkamlangan burchi va har qanday halol soliq to‘lovchi soliq to‘lashda tanlangan prinsip yo‘qligi to‘g‘risida, agar kimdir to‘lashi kerak bo‘lsa, kimdir esa to‘lamasa, asosli ravishda hisoblash huquqiga ega.

Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2020, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют