» » Qozog‘iston politsiyasi: Koronavirusga chalingan ikki o‘zbekistonlik fohisha emas

Qozog‘iston politsiyasi: Koronavirusga chalingan ikki o‘zbekistonlik fohisha emas


Ijtimoiy tarmoqlarda Qozog‘istonda COVID-19 koronavirusi aniqlangan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi “yengil tabiatli” qizlar ekanligi to‘g‘risida tarqalgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu haqda Mang‘istov politsiya departamentiga tayanib, “Lada.kz” xabar berdi.

“Internetda koronavirus aniqlangan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi fohishalik bilan shug‘ullangani haqida xabarlar tarqaldi. Ular 14-mikrorayondagi 38-sonli uydagi kvartirada ijarada turgan va avvalroq kasallik aniqlangan 11-mirorayondagilar bilan aloqada bo‘lgan.

Ushbu ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Pandemiya fonida yolg‘on axborot tarqalishi mumkin, aholi bunga tayyor bo‘lishi kerak. Barcha to‘g‘ri xabarlar ishonchi manbalar tomonidan tarqatilishini unutmaslik kerak. Yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik bor”, — deyiladi idora xabarida.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirus qayd etilgan bemorlar soni va ular davolanayotgan hududlar bo‘yicha ma’lumot berildi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 546 nafarga yetdi. O‘zbekistondan tashqari Avstriya, Armaniston, AQSh, BAA, Janubiy Koreya, Pokiston, Rossiya, Tailand va Qozog‘istonda ham jami 23 nafar o‘zbekistonlik koronavirusga chalingan, ulardan uch nafari (barchasi AQShda) vafot etgan. Vafot etganlardan biri O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rustam Samarqandiy edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют