» » Berni Sanders AQSh prezidentligi uchun kurashdan chiqdi. Demokratlar partyasidan Jo Bayden nomzod bo‘ladi

Berni Sanders AQSh prezidentligi uchun kurashdan chiqdi. Demokratlar partyasidan Jo Bayden nomzod bo‘ladi


AQShning Vermont shtatidan bo‘lgan senator Berni Sanders Demokratlar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod sifatida ishtirok etishni to‘xtatganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Meduza CNN’ga tayanib.

O‘zining ketishi haqida keyinroq Twitter’dagi sahifasida yozib qoldirgan. “Bugun men o‘z kampaniyamni to‘xtatyapman. Lekin kampaniya to‘xtagan joyda adolat uchun kurash davom etadi”, — degan u.

Sanders yurak jarrohligini boshidan o‘tkazganidan so‘ng oktabr oyidayoq kampaniya to‘xtatishini ma’lum qilgandi, lekin keyinchalik uni yana davom ettirgan.

U AQSh prezidentligi uchun kurashdan chiqib ketganidan so‘ng 2020-yil noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan saylovda Demokratlar partiyasidan yagona nomzod Jo Bayden bo‘lib qoladi. U bu maqomga rasmiy ravishda yozda o‘tkaziladigan partiya syezdida tasdiqlanadi (ayni paytda nazariy jihatdan prezidentlik poygasiga hali ham boshqa nomzodlar qo‘shilishi mumkin).

Berni Sanders 2016-yilda ham Demokratlar partiyasidan nomzod bo‘lishga harakat qilgan, lekin Hillari Klintonga mag‘lub bo‘lgan.

Sanders 78 yoshda. Agar u prezident bo‘lganida butun AQSh tarixida eng keksa yoshli davlat rahbari bo‘lardi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют